Xitoydagi ajoyib jinoyat tarixi: Tadbirkor Tan Yuxuey o'z raqobatchisini o'ldirish maqsadida 2 million yuan evaziga qotil yollaydi. Bu qotil esa shu pulning yarmi evaziga boshqa qotil bilan kelishadi, ikkinchi qotil ham xuddi shunday yo'l tutadi. Uchinchi qotil to'rtinchisini yollaydi, bu esa beshinchisini yollaydi. Oxirgi qotil 100 ming yuan evaziga bu ishni qilish axmoqlik ekanligini tushinib yetadi va jabrlanuvchidan o'zini yolg'ondan o'lganga solishini so'raydi, biroq jabrlanuvchi bu qotillarni hammasini buyurtmachi bilan qo'shib politsiyaga topshiradi.