Orol dengizi muommosi - global muommo
Orol dengizi muommosi - global muommo
Hozirgi kunda sayyoramizda inson faoliyatining salbiy ta’siri natijasida atrof muhitda sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Jumladan, iqlim o‘zgarishlari, turli xildagi tabiiy ofatlar yer sayyorasining barcha kengliklarida sezilmoqda. Oqibatda o’rmon bilan qoplangan maydonlar qisqarmoqda, atmosfera, suv va litosfera ifloslanmoqda.
Orol dengizi qirgʻoklarining morfologik tuzilishi juda murakkab. Ular bir-biridan baʼzi xususiyatlari bilan farqlanadi. Shim. qirgʻogʻi baland, ayrim yerlari past, chuqur qoʻltiqlar bor. Sharqiy qirgʻogʻi past; qumli, juda koʻp mayda qoʻltiq va orollar boʻlgan. Jan. qirgʻogʻi Amudaryo deltasidan hosil boʻlgan. Gʻarbiy qirgʻogʻi kam qirqilgan va Ustyurt chinkidan iborat. Orol dengizida 300 dan ortiq orol boʻlgan. Ularning 80% dengizning janubi-sharqiy qismida. Eng kattalari Koʻkorol (273 km²), Vozrojdeniye (216 km²) va Borsakelmas (133 km²) edi. Dengizga Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladi. 60-yillargacha yiliga Amudaryo Orol dengizi ga 38,6 km³, Sirdaryo esa 14,5 km³ suv olib borgan. Suv balansida yogʻinlar ham muhim oʻrin egallagan. Dengiz akvatoriyasiga yiliga 82–176 mm yogʻin yogʻadi. Atrofdan dengizga yiliga 5,5 km³ yer osti suvlari qoʻshilib turgan. Dengiz choʻl zonasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 m qalinlikdagi suv bugʻlanadi. Bu esa keyingi davrda dengizga daryolar olib kelgan suv, yogʻin va yer osti suvlaridan ortikdir. Shuning uchun iklimiy oʻzgarishlar natijasida Orol dengizi suvining sat-hi yillar davomida oʻzgarib turgan. Mas, 1785 yildan dengizda suv sathi koʻtarila boshlagan boʻlsa, 1825 yildan pasaygan, 1835—50 yillarda yana koʻtarilgan, 1862 yil kamaygan. Koʻkorol 1880 yilda yarim orolga aylanib qolgan. 1881 yil suv sathi pasaygan. 1885 yildan Orol dengizida suv sathi yana koʻtarila boshlagan. 1899 yilga kelib Koʻkorol yarim orol orol boʻlib qolgan. 1919 yil dengiz maydoni 67300 km², suv miqdori 1087 km³ boʻlgan boʻlsa, 1935 yilga kelib maydoni 69670 km², suvning miqdori 1153 km³ ga koʻpaydi. Keyingi bir yarim asr mobaynida dengiz suvi sathi ancha oʻzgargan.
Tabiiy muhit holatining inson ta’sirida o‘zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta’sir mahalliy, mintaqaviy va umumjahon ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Jumladan, shu kabi ta’sirlar natijasida mintaqadagi ekologik inkirozning eng xavfli nuqtasi hisoblangan "Orol muammosi” vujudga keldi. Bu haqda quyidagi ma’lumotlar fikrimizni isbotlaydi. Oxirgi 40-45 yil davomida Orol dengizi sathi 22 metrga pasayib ketdi, akvatoriya maydoni 4 martadan ziyodga kamaydi, suv hajmi 10 baravargacha (1064 kub km dan 70 kub km) kamaydi, suv tarkibidagi tuz miqdori 112 g/l gacha, Orolning sharqiy qismida esa 280 g/l gacha yetdi. Orol dengizi deyarli "o’lik” dengizga aylandi. Qurib qolgan tubi maydoni 4,2 mln. gektarni tashkil etib, tutash hududlarga chang, qum-tuzli aerozollarini tarqatish manbaiga aylandi. Bu yerda har yili atmosfera havosiga 80 dan 100 mln. tonnagacha chang ko‘tariladi. Shu bilan bir vaqtda, Amudaryo va Sirdaryoning deltalarida yerlarning tanazzulga uchrashi va cho‘llashish sur’atlari o‘sib bormoqda. Orol va Orolbo‘yi muammosini yechishdagi uchta asosiy yo‘nalishlar ya’ni, birinchidan, ichimlik suvini quvurlar orqali aholiga yetkazib berish bilan hududning sanitar-epidemologik ahvolini yaxshilashga, shuningdek, yer osti chuchuk suvidan foydalanishga ham e’tibor qaratildi. Sog‘liqni saqlash va sanitariya xizmati darajasini keskin yuqoriga ko‘tarish zarurligi uqtirildi; ikkinchidan, dengizning qurigan janubiy qirgoqlarida sun’iy damba qurib, delta eksosistemasini doimiy suvlashtirish yo‘li bilan "Yashil kamar” hosil qilish; uchinchidan, dengizni o‘zini sahlash. Uni saqlash uchun unga sistematik ravishda ko‘p miqdorda suv yuborib turish kerakligi va bundan tashqari Orolni qurigan tubida saksovulzorlar barpo etish natijasida qum ko‘chishi, chang ko‘tarilishini oldini olinishi mutaxassislar tomonidan ta’kidlandi. Tabiatimizni asrash, uni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish va jamiyatda ekologik madaniyat va ekologik ongni rivojlantirish nafaqat tabiatni muhofaza qilish organlari ishi, balki shu zaminda yashayotgan har bir insonning ona Vatanimizga, uning tabiatiga bo‘lgan farzandlik burchidir.
Xayrullayeva Nuriya.
Комментарии
Отправить комментарий