Сообщения

Сообщения за май, 2020

Yashil do'stlarimiz

Изображение
  Atmosferaning ifloslantirish manbaiga sanoat tashlandiqlari, avtomobil orqali ishlangan gazlar, maishiy kimyo mahsulotlari, qattiq chiqindi kabilar (maishiy, sanoat, qurilish) kiradi. Ularning zararini amaytirishda esa yashil daraxtlarning o`rni katta, ular sanitar-gigienik vazifalarni bajaradi. Masalan, ko`chatlarning bir gektari bir soatda 8 kg karbonat angidridni yutadi, buning natijasida joylarda havoni iflos qiladigan har xil zararli moddalar kontsentratsiyasi pasayadi. Daraxtlar havodagi 21-86 foiz changni ushlab qoladi va19 dan 44 foizgacha bo`lgan zararli mikroorganizmlar orqali havo muhitining  ifloslanishini pasaytiradi. Shuningdek, yashil ko`chatlar yordamida shahar ekotizimida namlik rejimi va havo temperaturasi tartibga solinadi. -   Ba'zan joylarda seminar-treninglar o`tkazganimizda aholining hatto yonida o`sadigan tabiat ne'matlaridan unumli foydalanilmayotganiga guvoh bo`lamiz, -  deydi loyiha raxbarlaridan biri, biologiya fanlari nomzodi L....

Insoniyatga atalgan bepul ne'matlar

Изображение
   Yaqinda xorij ommaviy axborot vositalarida chiqitsiz oila haqida xabar berildi. Unda aytilishicha, bu oila ekologiyani asrash maqsadida bir necha yillardan beri qariyb chiqit tashlamas ekanlar. Masalan, yig`ilgan turli plastmass idishlardan uy jixozi yasasa, to`kilgan sochlarni to`plab, yostiq qilisharkan. Xorijda insonlarni tabiatni asrashga undovchi chaqiriq ruhidagi bu kabi xabarlarga tez-tez ko`zingiz tushadi. Sababi, shaharlarning yiriklashuvi,  sanoatning tobora rivoj topishi, Yer yuzida odamlarning ko`payayotgani turli-tuman chiqitlar tashlanadigan yerning ham tobora kengayib borishiga olib kelmoqda. Ularning turli kimyoviy tarkibi esa ona tabiatga, u orqali insoniyatga katta xavf tug`diradi. Shuning uchun butun dunyo bo`ylab har bir rivojlangan, rivojlanayotgan  davlatlarda tabiatni muohafaza qilish bo`yicha katta ishlar olib borilmoqda, tabiatga kamroq ziyon yetkazish yo`llari izlanmoqda.      Yurtimizda ham ekologiyaning musaffoligi...