Yashil do'stlarimiz
Atmosferaning ifloslantirish manbaiga sanoat tashlandiqlari, avtomobil orqali ishlangan gazlar, maishiy kimyo mahsulotlari, qattiq chiqindi kabilar (maishiy, sanoat, qurilish) kiradi. Ularning zararini amaytirishda esa yashil daraxtlarning o`rni katta, ular sanitar-gigienik vazifalarni bajaradi. Masalan, ko`chatlarning bir gektari bir soatda 8 kg karbonat angidridni yutadi, buning natijasida joylarda havoni iflos qiladigan har xil zararli moddalar kontsentratsiyasi pasayadi. Daraxtlar havodagi 21-86 foiz changni ushlab qoladi va19 dan 44 foizgacha bo`lgan zararli mikroorganizmlar orqali havo muhitining ifloslanishini pasaytiradi. Shuningdek, yashil ko`chatlar yordamida shahar ekotizimida namlik rejimi va havo temperaturasi tartibga solinadi.
- Ba'zan joylarda seminar-treninglar o`tkazganimizda aholining hatto yonida o`sadigan tabiat ne'matlaridan unumli foydalanilmayotganiga guvoh bo`lamiz, - deydi loyiha raxbarlaridan biri, biologiya fanlari nomzodi L.Belyalova. - Shu yilning o`zida turli loyihalarimiz asosida Jomboy tumanining Beshkapa, Do`rman, Nayman kabi mahallalarida qishloq oilalarida ekologik muhitni yaxshilashga doir seminarlar olib bordik. Yonida o`sayotgan o`simliklarning foydali, dorivor jihatlari tushuntirildi, shuningdek, qishloqlarda qo`shimcha tarzda qaysi issiqlik manbalaridan foydalanish mumkinligi, tabiiy yuvish vositalari, yerning ifloslanishi oqibati tushuntirildi va buning oldini olish bo`yicha aniq tavsiyalar berdik. Ayniqsa, dorivor o`simliklarni o`stirish orqali qo`shimcha daromad olish haqidagi takliflarimiz bugun amaliyotda keng qo`llanilmoqda. Zarafshon daryosi vohasidagi to`qayzor o`rmonlarni tiklash maqsadida ham Jomboy, Bulung`ur, Oqdaryo tumanlarida to`qayzor o`simlik va jonivorlarini asrash ahamiyati mavzuida seminarlar o`tkazish barobarida amaliy ishlar ham bajarildi. Oqdaryo tumanidagi o`rmon xo`jaligi bilan shartnoma imzoladik, ya'ni daraxt ekilmagan yerlar aholiga ijaraga berildi. Ijarachilar esa o`z navbatida Forishdagi o`rmon xo`jaligida o`rmonni tiklash bo`yicha tajriba oshirib kelishdi. Va shundan so`nggina hududga tez o`suvchi ko`chatlar ekilishi tashkillashtirildi.
Chiqitning yonishi – xatar O`zbekistonda chiqitxonalar 7000 ga joyni egallaydi. Keyingi yillarda Samarqandda shaharning tasdiqlanmagan joylarida, Zarafshon daryosining ba'zi qismlarida ham chiqit miqdori ko`proq uchraydi. Tabiatni muhofaza qilish viloyat shtabi ma'lumotlariga ko`ra har yili shaharda 500 tonna miqdorida chiqit to`planadi. Ayni paytda Samarqandda tibbiy-sanitariya qoidalariga javob beradigan bironta chiqit ajratish va yig`ish sistemasi, qaytadan ishlash va xavfsiz ko`mish joyi yo`q. Chiqitxonalarda to`planadigan qattiq maishiy chiqindilar ich terlama, ichakburug`, sil va boshqa kasalliklarni rivojlanishi uchun qulay sharoitni yuzaga keltiradi. Ular yondiriladi, bu esa o`z navbatida shahardagi atmosferaning buzilishiga olib keladi. Ayniqsa, uzoq muddat yongan chiqitlar inson sog`ligi uchun juda xavfli. Sababi, uning tarkibida plastmassa, sintetik materialdan tayyorlangan oziq mahsulotlari g`aramlari, ichimlik idishlari bor. Ularning yondirilishi yoki tutatilishi oqibatida qo`shimcha qattiq chiqitlar qoladi, ularning tarkibida esa plastmassa parchalanishi natijasida hosil bo`ladigan zaxarli mahsulotlar, dioksin va furan hosilalari mavjud. Xavfli moddalar tasnifi bo`yicha esa ayni paytda dioksinlar tashqi muhit ifloslanishida yetakchi o`rinlardan birini egallab kelmoqda.
- Bu kabi xavf-xatarlarning oldini olish bo`yicha ham qator takliflarimiz bor, - deydi G.Deusheva. – Masalan, ayni kuz oylarida ko`pchilik barg-xazonlarni yondiradi. Lekin buning oqibatida atmosferaga ko`tarilayotgan tutunning zarari haqida garchi ko`plab fikrlar bildirilayotgan bo`lsa-da, lekin hanuz joylarda shunday holatga duch kelamiz. Ularni bir chuqur qazib ko`mib qo`yish orqali kelgusii Yil tabiiy, zararsiz o`g`it olish mumkin. Maishiy chiqitlarni esa qayta ishlash uchun korxonalar tashkil qilish lozim. To`g`ri, hozir viloyatda bunday korxonalar mavjud. Lekin ular sonini yanada kengaytirish lozim. Shuningdek, maxsus uskunalangan chiqitxonalar tashkil qilish ham keng tarqalgan usullardan biri.
Loyiµalar…Darvoqe, EKO «Zarafshon» NNT da bugun faoliyat olib borayotgan trenerlarning aksari fan nomzodlari sanaladi. Shu jumladan Gavxar Deusheva ham. Demochimizki, ularning aholi o`rtasida ekologiyani asrash, o`simliklarning ahamiyati, suvning tozaligi darajasi kabilarni tushuntirish ishlari olib borishi ilmiy asoslangan. Yaqinginada ham tashkilot O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash Jamoat fondining grantiga
sazovor bo`ldi. «O`zbekistondagi ekologik NNTlarning ekologik jamoatchilik nazoratini o`rnatishdagi professional darajasini oshirish» mavzuidagi ushbu loyiha davomida tashkilot tomonidan yana bir talay yangi takliflar ishlab chiqilgan. Bu bo`yicha respublikadagi ekologik NNTlar o`rtasida seminar- treninglar olib orish, soµaga doir qonun hujjatlarini tushuntirish, ekologik jamoatchilik nazoratini tashkil qilishning amaliy jihatlariga to`xtalish kabilar ko`zda tutilgan.
Vasila HABIBULLAYEVA
Комментарии
Отправить комментарий