Сообщения

Сообщения за июнь, 2020

Qanotli do'stlarimiz

Изображение
    Qushlar — umurtqali hayvonlar sinfi. Trias davrida yashagan sud-ralib yuruvchilarning psevdozuxlar turkumidan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. Q.ning qazilma qoldiqlari juda kam; dastlabki qazilma qoldiq — arxeopteriksnshk toshdagi izi va suyaklari yura davriga tegishli. ayrim morfologik belgilar (orqa oyoqlardagi muguz tangachalar, muguz tumshuq va boshqalar) hamda fiziologik xususiyatlari (tuxum qoʻyishi)ga koʻra Q. sudralib yuruvchilarga oʻxshaydi, lekin tanasi pat bilan qoplanganligi tufayli ulardan farq qiladi. Patlar qushlar tanasida issiqlikni saqlaydi; uchishda havo qarshiligini kamay-tirib, havoda koʻtarish yuzasini hosil qiladi (qanot, dum). Uchish va har xil harakatlanish (yugurish, suzish, shoʻn-gʻish)ga moslanish Q. tayanch-harakat sistemasining oʻziga xos tuzilishiga sabab boʻlgan. Qanotlarning paydo boʻlishi bilan oldingi oyoklar, yelka kamari suyaklari va muskullari shakllangan (koʻkrak toj suyagi rivojlangan, uchish muskullari tana vaznining 25% ini t...

Qurg'oqchilikka qarshi kurashish

Изображение
17 iyun "Butunjahon cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurashish kuni" 17 - iyun kuni har yili -"Butunjahon cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurashish kuni" sifatida nishonlanadi. Bu sana BMTning cho’llanishga qarshi kurashish Konvensiyasi, 1994 yilda BMTning atrof muhitni muhofaza qilish Konferensiyasida qabul qilingan bo’lib, bu 3 ta Konvensiyaning biridir. (Bular cho’llanishga qarshi kurashish Konvensiyasi, Iqlim o’zgarishi Konvensiyasi va Biologik xilma xillikni asrash Konvensiyalaridir). O’zbekiston Osiyo mintaqasidan birinchilardan bo’lib Konvensiyaga a’zo bo’lgan davlatlardan hisoblanadi va ushbu Konvensiya 1995 yil 31 avgustda Parlament tomonidan ratifikatsiya qilindi. 1996 yildan kuchga kirdi. Bugungi kunda mazkur Konvensiyaga 195 ta davlat a’zo. O’zbekistan Respublikasida "Cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi  bo’yicha KONVYENSIYANING xalqaro majburiyatlarini bajarish vazifasi Hukumat qarori bilan 1996 yildan beri "O’zgid...

Orol muammosi haqida

Изображение
Hozirgi kunda sayyoramizda inson faoliyatining salbiy ta’siri natijasida atrof muhitda sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Jumladan, iqlim o‘zgarishlari, turli xildagi tabiiy ofatlar yer sayyorasining  barcha  kengliklarida sezilmoqda. Oqibatda o’rmon bilan qoplangan maydonlar qisqarmoqda, atmosfera, suv va litosfera ifloslanmoqda. Tabiiy muhit holatining inson ta’sirida o‘zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta’sir mahalliy, mintaqaviy va umumjahon ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Jumladan, shu kabi ta’sirlar natijasida mintaqadagi ekologik inkirozning eng xavfli nuqtasi hisoblangan "Orol muammosi” vujudga keldi. Bu haqda quyidagi ma’lumotlar fikrimizni isbotlaydi. Oxirgi 40-45 yil davomida Orol dengizi sathi 22 metrga pasayib ketdi, akvatoriya maydoni 4 martadan ziyodga kamaydi, suv hajmi 10 baravargacha (1064 kub km dan 70 kub km) kamaydi, suv tarkibidagi tuz miqdori 112 g/l gacha, Orolning sharqiy qismida esa 280 g/l gacha yetdi. Orol...

Suv haqida

Изображение
Siz hayot manbayi bo’lmish suv haqida qancha ma’lumotga egasiz? Suv haqida to’xtaladigan bo’lsak, (H2O) – tabiatdagi eng oddiy qo’shilma bo’lib ikki atomli vodorod va bir atomli kisloroddan iborat. So’ngi ma’lumotlarga qaraganda u atomlarni 42 holatdagi qo’shilmalari bo’lishi mumkin ekan. Ammo, ularni 9 qo’shilmalari chidamlidir. Demak, suv bir necha molekulalar aralashmasi bo’lib turli xossalarga ega. Suv katta issiqlik hajmiga ega, organizmdagi biokimyoviy jarayonlarning hammasi, modda almashinish jarayonlari suvni ishtirokida o’tadi. Suvning yana bir xususiyatlaridan biri, hujayralarning sitoplazmasini va to’qimalar aro suyuqliklarni past haroratda ularni muzlab qolishdan asrab qolish ehtimoli bor. Suvning eng ajoyib xususiyatlaridan biri erituvchanlik xossasidir. har il kimyoviy tuzlar, spirtlar, qand, shakar va boshqalar suvda yaxshi eriydi. Suv, molekula va molekulalar aro bog’larning deyarli hammasini uzib tashlaydi va suv eritmalarini paydo qiladi. Shuni aytib o’tish...

Havo ifloslanishining zararli oqibatlari

Изображение
Havo ifloslanishining zararli oqibatlari Osiyoning katta qismi havoning ifloslanishi bo‘yicha dunyoda eng yuqori darajalarni tashkil qiladi. Xitoy poytaxti Pekinda havoni ifloslantiruvchilar tez-tez eng xavfli darajalarga yetishi kuzatilmoqda. Ayni paytda Hindiston poytaxti Dehlida Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiya qilgan darajadan ko‘p parlanish borligi aytilgan. Atmosferadagi uzoq vaqtdan beri asosiy gazlarning nisbatan doimiy miqdorlari mavjud bo’lib, so'ngi yillarda inson tasirining kuchayishi natijasida gazlar balansining o»zgarishi kuzatilmoqda. Atmosferadagi gazlar doimiy miqdori o’zgarishi sayyoramiz uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi aniqlangan. Oxirgi yillarda atmosferaga o'nlab mlrd tonna karbonat angidrid gazining chiqishi natijasida sayyoramizning o'rtacha harorati 0,5 c oshgaligi aniqlangan. «parnik effekti» natijasida yer yuzi o'rtacha haroratining o’zgarishi og'ir ekologik oqibatlarga olib kelishi bashorat qilinadi.Har yili yer yuzas...

Orol dengizi muommosi - global muommo

Изображение
Orol dengizi muommosi - global muommo Hozirgi kunda sayyoramizda inson faoliyatining salbiy ta’siri natijasida atrof muhitda sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Jumladan, iqlim o‘zgarishlari, turli xildagi tabiiy ofatlar yer sayyorasining  barcha  kengliklarida sezilmoqda. Oqibatda o’rmon bilan qoplangan maydonlar qisqarmoqda, atmosfera, suv va litosfera ifloslanmoqda. Orol dengizi qirgʻoklarining morfologik tuzilishi juda murakkab. Ular bir-biridan baʼzi xususiyatlari bilan farqlanadi. Shim. qirgʻogʻi baland, ayrim yerlari past, chuqur qoʻltiqlar bor. Sharqiy qirgʻogʻi past; qumli, juda koʻp mayda qoʻltiq va orollar boʻlgan. Jan. qirgʻogʻi Amudaryo deltasidan hosil boʻlgan. Gʻarbiy qirgʻogʻi kam qirqilgan va Ustyurt chinkidan iborat. Orol dengizida 300 dan ortiq orol boʻlgan. Ularning 80% dengizning janubi-sharqiy qismida. Eng kattalari Koʻkorol (273 km²), Vozrojdeniye (216 km²) va Borsakelmas (133 km²) edi. Dengizga Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladi. 60-yillargacha y...

O’zbekistonda “Qizil kitobga” kirib borayotgan hayvonlar

Изображение
O’zbekistonda “Qizil kitobga” kirib borayotgan hayvonlar Yoʻqolib borayotgan yoki yoʻqolish xavfida boʻlgan noyob oʻsimlik va hayvon turlarini qayd qiluvchi davlat hujjati. Qizil kitobda oʻsimlik va hayvon turlari sonining kamayishi, areallarining qisqarib borishi sabablari yoritiladi; ularni saqlab qolish uchun tavsiyalar berib boriladi. 1948 yilda tashkil etilgan Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi kamyob va yoʻqolib ketish xavfida boʻlgan oʻsimlik va hayvon turlarining roʻyxatini tuzish gʻoyasini amalga oshirishga kirishdi. Turlarni saqlab qolish boʻyicha maxsus xalqaro komissiya tuzilib, 1966 yildan boshlab boshqa tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda xalqaro Qizil kitobning dunyo va alohida mintaqalar florasiga bagʻishlangan nashrlar chop etila boshlandi. Oʻzbekistonning noyob va kamayib borayotgan oʻsimlik va hayvonlari toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar 1974 yil taʼsis etilgan Qizil kitobda oʻz aksini topgan. Oʻzbekiston Qizil ...