Suv haqida

Siz hayot manbayi bo’lmish suv haqida qancha ma’lumotga egasiz?

Suv haqida to’xtaladigan bo’lsak, (H2O) – tabiatdagi eng oddiy qo’shilma bo’lib ikki atomli vodorod va bir atomli kisloroddan iborat. So’ngi ma’lumotlarga qaraganda u atomlarni 42 holatdagi qo’shilmalari bo’lishi mumkin ekan. Ammo, ularni 9 qo’shilmalari chidamlidir. Demak, suv bir necha molekulalar aralashmasi bo’lib turli xossalarga ega.

Suv katta issiqlik hajmiga ega, organizmdagi biokimyoviy jarayonlarning hammasi, modda almashinish jarayonlari suvni ishtirokida o’tadi. Suvning yana bir xususiyatlaridan biri, hujayralarning sitoplazmasini va to’qimalar aro suyuqliklarni past haroratda ularni muzlab qolishdan asrab qolish ehtimoli bor.

Suvning eng ajoyib xususiyatlaridan biri erituvchanlik xossasidir. har il kimyoviy tuzlar, spirtlar, qand, shakar va boshqalar suvda yaxshi eriydi. Suv, molekula va molekulalar aro bog’larning deyarli hammasini uzib tashlaydi va suv eritmalarini paydo qiladi.

Shuni aytib o’tish joizki, ichimlik suvi hech qanday to’yimlilik xususiyatiga ega bo’lmasada:

u organizmdagi hamma hayotiy jarayonlarni ta’minlaydi;

ovqat hazm qilishni yaxshilaydi;

modda almashinishida muhim rol o’ynaydi;

to’qima sintezida qatnashadi;

Suv va undagi erigan yoki inert moddalar to’qimalarning asosiy komponentlari bo’lib, yetarli darajada struktur va funksional jarayonda katta rol o’ynaydi.

Suvning foydali jihatlari

Suvning paydo bo’lishi

Suvning paydo bo‘lishi, yoki Yer sayyorasi Quyosh sistemasidagi boshqa toshli sayyoralardan farqli o‘laroq, ko‘proq suvga boy ekanligining sabablari haligacha batafsil tushuntirib bo‘lmaydi. O‘tgan 4.5 milliard yil davomida yerdagi o‘ta yirik okeanlarni to‘ldirgan suv qayerdan kelganligi haqida tur tuman nazariyalar mavjud, lekin ularning to‘g‘ri ekanligiga hech kim kafolat bera olmaydi.
Yuqorida keltirilgan videoda aytilishicha, haqiqatga eng yaqin nazariya suv yerga tashqaridan uchib kelgan kometalar orqali kelgan. Bundan millionlagan yillar oldin, yer kometalar yog‘ini ostida bo‘lgan, o‘sha payti yer yuzi 3000C gacha qizib ketgan. Ammo uchib kelayotgan kometalar faqatgina qattiq toshdan iborat bo‘lmagan, ularning tarkibida muz ham bo‘lgan.Yerga urilayotgan kometalar soni kamaygandan keyin, yer sekin asta sovishni boshlagan. Bu davrda kometalar bilan uchib kelgan muz bo‘laklari erib, kichik ko‘llar shakllana boshlagan va yana kelayotgan fazoviy jismlar tufayli suv ko‘payib katta okeanlarni shakllantirgan.

Aholini suv bilan ta’minlash

Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash insoniyat jamiyatining tarixida ko‘p qirrali tomonlarini hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Ichimlik suvining ko‘p qirrali xossalari va tarkibiy qismi aholining sog‘ligiga, gigenik maqsadlar uchun, oziq-ovqat tayyorlash uchun foydalanganda xavfsiz, zararsiz bo‘lmog‘i shart. Bu talablar normativ va qonuniy hujjatlarda o‘z aksini topgan. Ichimli suvi va uning tarkibidagi erigan moddalar organizm ichki muhitini tashkil qiladi., u muhit doimiy yoki ularning o‘zgaruvchan xususiyatlari orga va hujayralarning funksional xususiyatiga bog‘liq.

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

O’zbekistonda “Qizil kitobga” kirib borayotgan hayvonlar

Orol muammosi haqida

Orol dengizi muommosi - global muommo